Hojatxonaga tushib ketgan 2 yoshli bola qutqarib qolindi

    2 yoshli bola yaqinlarining nazoratsiz qoldirishi oqibatida hovlidagi hojatxonaga tushib ketgan. U yerning chuqurligi salkam besh metr boʻlgan.

    2024-yilning 13-may kuni soat 16:58 da Zangiota tumani “Harakat” mahallasida joylashgan uylarning birida, ushbu uy egasining 2 yoshli farzandi ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolganligi sababli hovlisidagi hojatxonaga tushib ketganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.

    Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib bordi va maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida taxminan 5 metrlik hojatxona chuqurligidan bolani sogʻ-salomat olib chiqilib, hayoti saqlab qolindi.