Hokim iqtidorli talabani mukofotladi

    Yurtimizda yosh iqtidor egalarini qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.

    Jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining iqtidorli talabasi Quanishbek Yerejepbayev “MDHdagi eng yosh olim — 2020” xalqaro-koʻrik tanlovidagi muvaffaqiyati uchun Navoiy viloyati hokimi tomonidan mukofotlandi.

    U shu kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan “Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni bilan ham taqdirlangan edi.