Viloyat rahbari Namangan shahridagi “Istiqbol” mahallasida boʻlib, marhuma G. D. ning yaqinlariga taʼziya bildirdi.

Uning 15 va 12 yashar oʻgʻillari munosib sharoitlarda voyaga yetishlarida har tomonlama koʻmak berilishini taʼkidladi.

- Mazkur noxush fojia boʻyicha hozirda prokuratura idoralari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ularning natijasi boʻyicha vaziyatga qonuniy, huquqiy baho beriladi. Bu haqida albatta jamoatchilikka maʼlum qilinadi, - dedi Shavkat Abdurazzoqov.

Eslatib oʻtamiz, 2020-yil 29-sentyabr kuni Namangan shahridagi Istiqbol mahallasida istiqomat qilgan 35 yoshli G. D. ijro harakatlari davomida oʻzining ustiga benzin quyib, yoqib yuboradi.

Buning oqibatida ayol fojianing ertasiga - 30-sentyabr kuni tanasining 80 foizdan ziyod qismi kuyib ketish jarohati tufayli Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialida vafot etdi.