Andijondagi Izboskan tumani hokimining investisiya sanoat va savdo yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosari himoya hududidagi yer maydonini amaldagi tartibni buzgan holda sotib olib berishni evaziga 5,3 mln. so‘m olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.