«Ajratilayotgan mablagʻ — yirik mablagʻ. Shu bois uning sarflanishida shaffoflikni taʼminlash ham asosiy masala hisoblanadi.
Bu yilgi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarining oldingilaridan farqi — qaysi qishloq yoki mahallani obodonlashtirish ishlarini olib borish bevosita mahalliy kengashlar tomonidan belgilanadi.
Chunki deputatlar hududlardagi muammolarni yaxshi biladi. Qaysi muammoni qanday va qancha mablagʻ evaziga hal etishni ham ular yaxshi bilishadi. Shaffoflik shu tizim orqali shakllanadi.
Ushbu mablagʻlar sarflanishi boʻyicha jamoatchilik nazorati oʻrnatiladi. Hokim oʻrinbosarlari har oy va chorak yakuni boʻyicha jratilgan mablagʻlarning sarflanishi haqida hisobot berib boradilar».