Unda Oʻzbekiston viloyat, tuman va shahar hokimlarining oʻrinbosarlari ishtirok etdi.
Seminar davomida Vengriya qishloq xoʻjaligi va tabiiy fanlar universiteti (MATE) professori Zoltan Lakner mamlakatning turizmni rivojlantirish boʻyicha asosiy yondashuvlari va muvaffaqiyatli amaliyotlari haqida maʼruza qildi. Oʻz nutqida professor ikki mamlakat xalqlarining tarixiy yaqinligini alohida eʼtirof etib, Vengriyaning Turkiy davlatlar tashkiloti mamlakatlari bilan faol hamkorligini taʼkidladi.
Ishtirokchilar eʼtiboriga geotermal manbalardan foydalanish, agroturizm, vinochilikni rivojlantirish, xalqaro festivallarni tashkil etish, mintaqaviy brendlarni targʻib qilish va turizmni barqaror rivojlantirish tamoyillarini joriy etish boʻyicha muhim maʼlumotlar taqdim etildi.
Vengriyada amalga oshirilayotgan “Aqlli turizm” loyihasi hamda turizm sohasining raqobatbardoshligi va modernizatsiyasi masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Xorijiy sayyohlarni jalb etishda kinosanoatning muhim oʻrni alohida taʼkidlandi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.