Hokim yordamchilariga yana bir huquq berilmoqda

    Moliya 6 Sentabr 2022 1001

    Ular 150 million soʻmgacha garovsiz kredit ajratishga tavsiyanoma beradi.

    “Na banklar, na lizing kompaniyalari rahbarlari, na hokimlar bu mablagʻlarni tadbirkorlarga berish boʻyicha jon kuydirmayapti” — dedi Prezident.

    Mutasaddilarga 15-sentyabrdan boshlab hokim yordamchilari tavsiyasiga koʻra, sabzavot, dukkakli va moyli ekinlar boʻyicha urugʻlik, oʻgʻit, yoqilgʻi, oʻsimliklar himoyasi hamda aylanma mablagʻ uchun 150 million soʻmgacha garovsiz kredit ajratishni yoʻlga qoʻyish topshirildi.

    ▪️Bunda, ushbu mablagʻlarning yarmini naqd pulda ajratishga ruxsat beriladi. Buning uchun, Bogʻdorchilik agentligiga qoʻshimcha 300 milliard soʻm ajratiladi.

    Endilikda kartoshka, sabzavot, yogʻ-moy ekinlari ekadigan klaster va dehqonlarga hosilni sugʻurtalash xarajatining 50 foizi davlat hisobidan qoplab beriladi.