Avvalo, ular “Dumar” MFY aholisining o'z tomorqalaridan unumli foydalanishi, turli ko'chat navlarini etishtirayotgani bilan qiziqishdi. Xususan, norinlik ko'chatshunos, tadbirkor Alisher Toshboyev xonadonida ko'chat navlarini yetishtirish, pitomniklar yaratish bo'yicha amaliy ishlar o'rganildi.

Ma'lumki, Ohangaron ahlining asosiy faoliyati chorvachilik bilan bog'liq. Hokim yordamchisi ham Sartamg'alida mazkur yo'nalish bilan birga, ko'chatchilikni rivojlantirish hamda asalarichilikni yo'lga qo'yish tajribalarini ommalashtirishni maqsad qilgan.

“Yashil makon” ummummilliy loyihasi doirasida ko'chatlarni ko'paytirish, aholining daromad manbalarini oshirish maqsadida 2 yillik reja ishlab chiqildi.

Xususan, kuni kecha 4 000 dona asalarichilik yo'nalishiga mos keluvchi daraxt ko'chatlariga buyurtma berildi. Ushbu ko'chatlar kelgusi yillarda “Sartamg'ali” MFYda ko'paytirilib, Ohangaron tumanining barcha joylariga shartnoma orqali yetkazib berilishi rejalashtirildi, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati.