Olmaliq shahri 1-sektorda joylashgan Mirzo Ulug'bek MFYda bir necha yillardan buyon qarovsiz va bo'sh yotgan bino o'rnida hokim yordamchisi tashabbusi bilan kardiologik va urologik kasalliklarni davolovchi xususiy klinika faoliyati yo'lga qo'yildi.
Klinikaning rasmiy ochilish marosimida shahar hokimining birinchi o'rinbosari Shermuhammad Begiyev, hokim o'rinbosari Sohib Axmedov va mahalladagi nuroniylar hamda faollar ishtirok etishib, duoi fotiha bilan ezgu niyatlar tilashdi.
Tadbirkor Alisher Nuraliyev boshchiligida ochilgan ushbu loyihaga 200 million so'm bank krediti va o'z hisobidan 400 million so'm investitsiya kiritildi. Klinikada laboratoriya-diagnostika, jarrohlik va muolaja xonalari mavjud bo'lib, 8 nafar kishi ish bilan ta'minlandi.