Shuningdek, har bir mahalla, tuman va shaharda xizmatlar hajmini 3-5 baravarga oshirish, Milliy bank raisiga esa har bir hududning oʻziga xosligidan kelib chiqib xizmatlarni kengaytirish, yangi xizmat turlarini yoʻlga qoʻyish, ilgʻor tajribalar va namunaviy loyihalarni joriy etish boʻyicha yangi metodologiyani yaratish vazifasi qoʻyildi.

– Hokimlarning belgilagan rejalarini oʻzim birma-bir koʻrib chiqdim. Ularning oʻziga olgan marralari ushbu hududlar salohiyatidan ancha past, – deya hokimlarning xizmatlar sohasida taqdim etgan rejalariga eʼtiroz bildirdi Prezident.