Unga koʻra, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni ijaraga berish boʻyicha ochiq elektron tanlov yakunlarini tasdiqlash vakolati bekor qilinmoqda.
Shuningdek, yer uchastkalarini ijaraga berish boʻyicha ochiq elektron tanlov natijalarini viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan tasdiqlash talabi ham bekor qilinishi koʻzda tutilgan.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan koʻrib chiqilmoqda.
Deputat yer munosabatlarida hokimliklar va boshqa davlat organlarining aralashuvini cheklab, ochiq, inson omilidan holi tizimning tashkil etilishi ushbu sohadagi korrupsion holatlarning yoʻq boʻlishiga olib keladi, deya oʻz fikrini bildirgan.