Laziz Kudratovning kompaniya bosh direktori Rashed Assouma bilan uchrashuvida tegishli kelishuvlarga erishildi. 

Homepital mutaxassislari mamlakatimizda DXSh tamoyillari asosida diagnostika markazlari va klinikalarini yaratishda ishtirok etadi, shuningdek, kompaniya tajribasidan kelib chiqib, sog‘liqni saqlash sohasida raqamli yechimlarni joriy etishni boshlaydi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

Homepital 1998-yilda BAAning Dubay shahrida tashkil etilgan. Kompaniya sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish va raqamlashtirish uchun raqamli platformalarni ishlab chiqaradi.