Joriy yilning oʻtgan besh oyida Sudyalar oliy kengashida 313 nafar nomzod muhokama qilinib, ulardan 160 nafari sudyalik lavozimiga munosib topildi.

Hozirda 78 ta (5,9%) sudyalik lavozimi vakant boʻlib turibti ( Oʻtgan yili vakant sudyalik lavozimlar 17, 1 foizni tashkil etgan).

Sudyalar oliy kengashi vakolatiga sudyalar daxlsizligi buzilishining va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrishdek masala ham kiradi.

2020-yilda uchta holatda sudyalarning daxlsizligini buzilgani aniqlanib, qonun doirasida tegishli choralar koʻrilgan boʻlsa, joriy yilning oʻtgan davrida toʻrtta shunday holat yuz berdi. Aniqlangan holatlar boʻyicha Sudyalar oliy kengashi raisi tomonidan Bosh prokurorga oʻz vaqtida taqdimnomalar kiritilishi natijasida bitta jinoyat, ikki maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ish qoʻzgʻatildi. Yana bir holat oʻrganilmoqda.