Hozirda tibbiy oliy ta'lim muassasalarida qancha talaba tahsil olmoqda?

    2021-yilda tibbiy ta'limdagi kvotalar 2017-yilga nisbatan bir necha barobarga oshirilib, sohada kadrlar tayyorlash ko‘lami yanada kengaytirildi.

    Sogʻliqni saqlash vazirligi tasarrufidagi 11 ta tibbiyot oliy taʼlim muassasasining:

    16 ta bakalavriat yoʻnalishida 39 919 nafar talaba;

    53 ta magistratura mutaxassisligida 2 402 nafar talaba;

    57 ta klinik ordinatura mutaxassisligida 2 913 nafar klinik ordinator tahsil olmoqda.

    Shuningdek, joriy yilda 11 ta tibbiyot oliy taʼlim muassasasini:

    bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini 4 174 nafar;

    magistratura mutaxassisliklarini 938 nafar;

    klinik ordinatura mutaxassisliklarini 1 308 nafar;

    respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy markazlarni 626 nafar klinik ordinator tamomlagan.

    Tibbiy oliy taʼlim muassasalarini jami 7 046 nafar mutaxassis bitirgan.

    Maʼlumot uchun, 2021-yilda tibbiy taʼlimdagi kvotalar 2017-yilga nisbatan bir necha barobarga oshirilib, sohada kadrlar tayyorlash koʻlami yanada kengaytirildi. Xususan, bakalavriatdagi oʻrinlar 2 barobarga (3445 tadan 6950 taga) koʻpayib, magistraturada oʻrinlar 2,3 barobarga (718 tadan 1631 taga) yetdi.

    Shu bilan birga, ordinaturadagi oʻrinlar 5 barobarga (961 tadan 4972 taga) oshirilib, maqsadli kvota joriy etildi va qabul qilinadigan talabalar 1180 nafardan 1527 nafarga yetkazildi, deya xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.