Hozirgi kunda 30 dan ziyod yirik va oʻrta mahalliy ishlab chiqaruvchilar, 100 dan ortiq servis korxonalari mavjud.
Davlatimiz rahbari bu quvvatlar hali yetarli emasligini taʼkidlab, quyosh panellari, akkumulyator, invertor, suv isitkich, mis kabel va transformator ishlab chiqarish boʻyicha loyihalarni koʻpaytirish muhimligini qayd etdi.
Shu bilan birga, mahalliy korxonalarga xorijiy investorlar talab qiladigan xalqaro sertifikatlarni olishda va ishlab chiqarishni standartlarga muvofiqlashtirishda koʻmaklashish vazifasi qoʻyildi.