Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov ishtirok etdi.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, Xitoyning yirik IT kompaniyasi uchun O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng muhim hamkor davlatdir.

Uchrashuv doirasida tomonlar «Huawei» kompaniyasi ishtirokida AKT sohasidagi istiqbolli loyihalar, shu jumladan O‘zbekiston telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan loyihalarni muhokama qildi, xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.