“Hududgaz Farg‘ona” GTF Marg‘ilon shahar gaz ta’minoti bo‘limi yetakchi muhandisi A.T. fuqaro N.M.ning noturar joy ob’yektini gaz tarmog‘iga ulash uchun texnik hujjatlarni tayyorlab berish hamda ruxsat olib berish evaziga 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.