“Hududgaz Qoraqalpogʻiston” gaz taʼminoti filiali rahbari Aymanov Xudaybergen vafot etdi

    “Hududgaz Qoraqalpogʻiston” gaz taʼminoti filiali rahbari Aymanov Xudaybergen 2024-yil 22-sentyabr kuni 68 yoshida vafot etdi.

    Bu haqda “Hududgaztaʼminot” AJ maʼlum qildi.

    "Oʻzbekiston Respublikasi energetika tizimi ogʻir judolikka uchradi. “Hududgaz Qoraqalpogʻiston” gaz taʼminoti filiali rahbari Aymanov Xudaybergen 2024-yil 22-sentyabr kuni 68 yoshida vafot etdi.
    Aymanov Xudaybergen mehribon ustoz va jonkuyar rahbar, yangiliklarga intiluvchan inson sifatida katta bir jamoani boshqardi. Aymanov Xudaybergen mamlakatimiz energetika sohasi rivojiga qoʻshgan hissasini inobatga olinib, uning xizmatlari Hukumatimiz tomonidan ham munosib taqdirlangan. Hayotdan bevaqt ketganiga qaramay, Aymanov Xudaybergenning oʻz ishiga vijdonan yondashishi, xizmatga sodiqligi, kamtarligi va u yaratgan jamoaviylik ruhi kelajak avlodlarni ilhomlantirishda davom etadi, deyiladi taʼziya xabarida.