Yangi tartibga koʻra, oila aʼzolari koʻp boʻlgan va roʻyxatdan oʻtgan uy xoʻjaliklari endi belgilangan muddatda oʻz ID-karta orqali ikki marotaba gaz olishlari mumkin boʻladi. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” AJ axborot xizati maʼlum qildi.

Bundan tashqari, yangi isteʼmolchilarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi ham yangilandi. Bunda xonadonda texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, oshxona va gaz jihozlari belgilangan talab va standarlarga mos kelishiga alohida eʼtibor qaratildi.

Gaz ballonni ishga tushirish va sozlash xizmati uchun toʻlov amalga oshirilgandan soʻng, oʻrnatilgan tartibda shartnoma tuziladi hamda tasdiqlangan jadval asosida manzilga suyultirilgan gaz yetkazib beriladi.

Kompaniya axborot xizmati maʼlum qilishicha, mazkur qaror qariyb toʻrt mingta isteʼmolchi murojaatini oʻrganish natijalari asosida qabul qilingan boʻlib, ularning 40 foizi ikkinchi gaz ballon olish masalasi bilan bogʻliq boʻlgan.