Ijtimoiy tarmoqlarda, joriy yilning 1-martidan boshlab elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ga mos elektron hisoblagichlar xonadonlarning tashqi fasad qismi hamda simyog‘ochlarga o‘rnatish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Nazoratchilarning hisoblagichlarni ko‘zdan kechirishi oson bo‘lishi uchun yo‘lga qo‘yilayotgan ushbu amaliyot to‘g‘risida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalarida ham bir qator iste’molchilar murojaat qoldirgan.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mazkur amaliyot Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining 63-bandiga muvofiq bir necha yildan beri qo‘llanib kelinayotganini bildirdi.