Romitan tumani markazidan 265 kilometr uzoqlikda, ta'bir joiz bo'lsa, “qush uchsa–qanoti, odam yursa–oyog'i kuyadigan” Qizilqum kengliklari bag'rida joylashgan “Qizilravot” mahalla fuqarorlar yig'inida bugunga kelib 133 ta oila, asosan qozoq millatiga mansub jami 600 nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. Umumiy maydoni 294 ming gektarni tashkil etayotgan mahallaning geografik nuqtai nazardan, aksar eri yaylov va cho'l qirliklardan iborat. Ammo shunga qaramasdan, ovul infratuzilmasini yaxshilash, unda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimizga risoladagidek turmush kechirishlari uchun qulay shart-sharoit yaratishga e'tibor oshirilayotgani bu hududda yashayotgan cho'lquvarlarni xursand qilmoqda. “Obod qishloq" davlat dasturiga kiritilgan mazkur maskan yangicha ko'rinish kasb etmoqda, deb xabar beradi Buxoro viloyat hokimligi matbuot xizmati.

— Ovulimizda mukammal ta'mirlash-tiklash, qurilish va obodonlashtirish ishlari erta bahordan boshlangan, – deydi “Qizilravot” MFY raisi eldo'st Akbanbetov. — Avvalo mahallamiz yo'lining 4 kilometri asosi qayta qurilib, kengaytirildi va shag'allashtirildi. elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash maqsadida ovulga olib boruvchi, eskirib yaroqsiz holga kelgan 960 ta tayanch ustun yangisiga almashtirilib, 48 kilometr uzunlikdagi elektr liniyasi yangidan qurildi. Mahalla ko'chalariga 10 ta tungi yoritish chirog'i o'rnatildi. Bahor kunlarida 1 ming 500 tupga yaqin mevali va manzarali daraxt niholarini o'tqazib, parvarishiga alohida e'tibor qaratyapmiz.

Faqat shugina emas. Bahor oylarida yuzdan oshiq xonadon turar joyi devorlari oqlab berilib, 1 ming 500 tup mevali va mianzarali daraxt ko'chatlari o'tqazilgan bo'lsa, hozirda yolg'iz yashayotgan nafaqaxo'r ayol Donet Jirinbaevaning uyi ta'mirlab berildi va atrofi devor bilan o'rab olindi. Hashar yo'li bilan 24 ta turar joy tomiga shifer qoplandi, 62 ta uyning fasadi ta'mirlangan bo'lsa, 22 ta uyga darvoza o'rnatib berilgani ko'plarni xursand qildi. Bu kabi xayrli ishlarda Gazli shaharchasi hokimi SHerali Po'latovning alohida hissasi, tashkilotchiligi bor.

Hududda bolajonlar qamrovini ta'minlash maqsadida 31-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti qayta qurilayotgani ham ko'pdan kutilgan voqea bo'ldi. Mamlakatimiz Mustaqilligining 30 yilligi tantanasiga munosib to'yona bo'lishi kutilayotgan bu zamonaviy muassasa 100 nafar jajji o'g'il-qizni o'z bag'riga oladi. Mahallaning “A–380” avtomagistrali bo'yida joylashgan Gugurtli qishlog'ini vodoprovodlashtirishga qizg'in kirishilgan bo'lsa, buning uchun hududda erosti “skvajniy” — qudug'ini qurish va 3,5 kilometrga pishiq plastmas quvurni tortish, vodoprovodlashtirish ishlari boshlangan. Bu ishda «Santexrazno lyuks» MCHJ mirishkorlari jonbozlik ko'rsatishmoqda. Xuddi shunday, qishloqni gazlashtirish ishlari nihoyasiga etkazilgan bo'lib, qo'shni Qizilqum qishlog'i suyultirilgan gaz balloni bilan muntazam ta'minlanmoqda.

YUrtimizda kechayotgan islohotlar, yangilanishlarni olis cho'lquvarlar ovulida istiqomat qilayotgan aholi ham his etib yashamoqda. Mahallada elektr energiyasi ta'minotida uzilishlar kuzatilmasligi bois, kuz-qish mavsumida turar joy va boshqa ma'muriy–maishiy inshootlarni isitishda muammo bo'lmaydi. Qolaversa, bu ishda “Qizilqum davlat o'rmon xo'jaligi” MCHJ tomonidan ham yaqindan ko'mak berilib, aholi va ma'muriy muassasalarga o'tin etkazib berilmoqda. Ayni kunda qariyb yuz nafar cho'lquvar farzandi ta'lim-tarbiya olayotgan 38-, 39- va 40-sonli umumta'lim maktabi joriy ta'mirdan chiqarilayotgan bo'lsa, 39-sonli ta'lim dargohi mukammal rekonstruktsiya qilinmoqda. Bunda ikki qavatli zamonaviy barpo qilinayotgan inshoot «elegant invest qurilish» MCHJ jamoasi tomonidan sifatli olib borilmoqda.      

SHuningdek, hozirda ovul aholisiga tibbiy xizmat ko'rsatayotgan “Qizilravot” oilaviy vrachlik punkti va uning Qizilqum ovulidagi filiali ta'mirdan chiqarilib, uch nafar vrach va o'ndan ortiq o'rta maxsus ma'lumotli xodim faoliyati yaxshilanayotgani, muassasalar kerakli tibbiy diagnostik uskunalar bilan boyitilayotgani albatta, tibbiy xizmat sifatini yaxshilashda muhim vosita bo'lmoqda.   

Bir so'z bilan aytganda, Amudaryo bo'yida istiqomat qilayotgan cho'lquvarlar ovulida ham otashin hayot qaynamoqda. YUqoridagi sa'y-harakat esa aholi turmush darajasini ko'tarish, odamlar duch kelayotgan muammolarni joyida hal qilish, ertamiz egalari sog'lom va talab darajasida bilim olishlari, o'sib ulg'ayishlari uchun zarur vositadir.