Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Qarorga koʻra, 2025–2026-yillarda hududlarda sanoatni rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilangan, jumladan:
- respublika sanoatida hududiy sanoatning ulushini 45 foizga yetkazish;
- hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalarini amalga oshirish orqali sanoatda texnologik mahsulotlar ulushini 25 foizga yetkazish va 3,5 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish;
- har bir tuman va shaharlarda 5 tagacha sanoat “oʻsish nuqtasi”ni rivojlantirish.
Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan boshlab 2028-yil 1-yanvarga qadar:
- ishchilarining oʻrtacha ish haqi miqdori har oyda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining ikki baravaridan kam boʻlmagan mazkur qarorning 4-ilovasiga muvofiq mahalliy sanoat korxonalarining ishchilarni tashish va ovqatlantirish bilan bogʻliq xarajatlaridan har bir ishchi xodim uchun bir oyda bir bazaviy hisoblash miqdorigacha boʻlgan qismi ijtimoiy soliq bazasidan chiqarib tashlanadi;
- oʻz ehtiyoji uchun gips xomashyosini qazib chiqaruvchi va undan tayyor qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarga gips olish uchun belgilangan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qoʻllanadi.









