Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-iyul holatiga respublikamizda 83,5 million bosh parrandalar mavjud. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda oʻsish surʼati 104,9 foiz.

2021-yil yanvar-iyun holatiga jami parrandalarning 11,4 foiz fermer xoʻjaliklari, 60,6 foiz dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklari va 28,0 foiz qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga toʻgʻri keladi.

Hududlar kesimida parrandalar bosh soni:

Qoraqalpogʻiston R. – 4,7 million bosh;

Andijon – 8,2 million bosh;

Buxoro – 5,3 million bosh;

Jizzax – 3,2 million bosh;

Qashqadaryo – 5,8 million bosh;

Navoiy – 3,1 million bosh;

Namangan – 5,3 million bosh;

Samarqand – 10,6 million bosh;

Surxondaryo – 4,6 million bosh;

Sirdaryo – 2,1 million bosh;

Toshkent – 15,6 million bosh;

Fargʻona – 8,8 million bosh;

Xorazm – 6,2 million bosh.