Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-mart holatiga respublikamizda 84,1 million bosh parrandalar mavjud. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda oʻsish surʼati 100,4 foiz.

2021-yilning yanvar-mart holatiga jami parrandalarning 15,3 foiz fermer xoʻjaliklari, 60,1 foiz dehqon xoʻjaliklari va 24,6 foiz qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga toʻgʻri keladi.

Hududlar kesimida parrandalar soni:

Qoraqalpogʻiston R. – 4,5 million;

Andijon – 7,7 million;

Buxoro – 5,6 million;

Jizzax – 3,6 million;

Qashqadaryo – 6,0 million;

Navoiy – 3,3 million;

Namangan – 5,5 million;

Samarqand – 11,5 million;

Surxondaryo – 5,3 million;

Sirdaryo – 2,2 million;

Toshkent – 15,2 million;

Fargʻona – 7,9 million;

Xorazm – 5,8 million.