Hududlarda kinokarvon safarlari boʻlib oʻtmoqda

    Madaniyat 17 Mart 2022 1457

    Kinematografiya agentligi va Milliy Kinematografiyani rivojlantirish Markazi bilan hamkorlikda Navroʻz munosabati bilan bayramoldi tadbirlar davom etmoqda.

    Kecha taniqli kinoijodkorlardan iborat Kinokarvon Fargʻona viloyatiga safar qildi. Ijodkorlar bilan Margʻilon shahar Madaniyat markazida, Fargʻona shahar sobiq Nurxon kinoteatrida, Islom Karimov nomidagi viloyat teatr va konsert saroyi yozgi amfiteatrida, Quvasoy shahar “Markaziy madaniyat uyi”da ijodiy uchrashuvlar va davra suhbatlari tashkil etildi.

    Kinokarvon safarida Zuhriddin Rejametov, Fotima Rejametova, Alisher Otaboyev, Ulugʻbek Rustamov, Mashhura Zulfiqorova, Shavkat Komilov kabi aktyorlar ishtirok etishmoqda.

    Oldinda bayramoldi tadbirlar bilan boshqa viloyatlarga ham safarlar boʻlib oʻtadi, deya xabar beradi Kinematografiya agentligi Axborot xizmati.