Biror turdagi davlat xizmatiga ehtiyoj boʻlgan fuqarolardan sayyor tartibda arizalar qabul qilinib, davlat xizmatlari ham sayyor tartibda koʻrsatildi.
Erta tongdan Dehqon bozorlari eshigi oldida davlat xizmatlari markazi xodimlari roʻzgʻor uchun bozorlik qilishga kelgan aholi vakillariga xizmat koʻrsata boshladi. Xususan, ularni qiziqtirgan masalalar boʻyicha huquqiy maslahatlar berdi.
Shuningdek, yaqinda boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faollik koʻrsatishga targʻib etuvchi targʻibot materiallari tarqatilib, saylov qonunchiligi boʻyicha tashviqot ishlarini amalga oshirilyapti.
DXA Sirdaryo viloyat boshqarmasi matbuot xizmati.