Adliya vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, kuni kecha 2021-yilning yakunlari boʻyicha ham 14 ta viloyat hamda 205 ta tuman (shahar)larning reytingi aniqlandi.
Reyting 17 ta indikator boʻyicha shakllantirilib, unda 30 taga yaqin masʼul idoralar tomonidan kiritilgan qariyb 4 mingta statistik maʼlumotlar tahlil qilindi.
2021-yil biznes reytingida 14 ta hudud ichida 1-oʻrinda Navoiy viloyati boʻlsa, oxirgi 14-oʻrinni Qashqadaryo viloyati egalladi.
| Hudud nomi | 2021-yil |
2021-yil I yarim yillik |
2020-yil |
2020-yil I yarim yillik |
2019-yil |
|
↑ Navoiy v. |
1-oʻrin (6,7ball) |
2-oʻrin (6,7 ball) |
3-oʻrin (6,2 ball) |
3-oʻrin (6,4 ball) |
2-oʻrin (6,9 ball) |
|
↓ Toshkent sh. |
2-oʻrin (6,5 ball) (–0,9 ball) |
1-oʻrin (7,4 ball) |
1-oʻrin (7,8 ball) |
1-oʻrin (7,4 ball) |
1-oʻrin (6,9 ball) |
|
↑ Fargʻona v. |
3-oʻrin (5,8 ball) (–0,3 ball) |
4-oʻrin (6,1 ball) |
9-oʻrin (5,4 ball) |
5-oʻrin (5,9 ball) |
6-oʻrin (5,9 ball) |
|
↑ Andijon v. |
4-oʻrin (5,6 ball) (+0,5 ball) |
12-oʻrin (5,1 ball) |
7-oʻrin (5,6 ball) |
9-oʻrin (5,7 ball) |
12-oʻrin (4,6 ball) |
|
↓ Buxoro v. |
5-oʻrin (5,6 ball) (–0,6 ball) |
3-oʻrin (6,2 ball) |
4-oʻrin (6,1 ball) |
2-oʻrin (6,9 ball) |
3-oʻrin (6,5 ball) |
|
• Namangan v. |
6-oʻrin (5,4 ball) (–0,4 ball) |
6-oʻrin (5,8 ball) |
2-oʻrin (6,2 ball) |
4-oʻrin (5,9 ball) |
9-oʻrin (5,8 ball) |
|
↓ Qoraqalpogʻiston R. |
7-oʻrin (5,4 ball) (–0,4 ball) |
5-oʻrin (5,8 ball) |
5-oʻrin (6 ball) |
6-oʻrin (5,8 ball) |
4-oʻrin (6,2 ball) |
|
• Xorazm v. |
8-oʻrin (5,4 ball) (–0,1 ball) |
8-oʻrin (5,5 ball) |
10-oʻrin (5,1 ball) |
8-oʻrin (5,7 ball) |
8-oʻrin (5,8 ball) |
|
↑ Toshkent v. |
9-oʻrin (5,3 ball) (–0,1 ball) |
10-oʻrin (5,4 ball) |
6-oʻrin (5,8 ball) |
11-oʻrin (5,3 ball) |
11-oʻrin (5,1 ball) |
|
↑ Sirdaryo v. |
10-oʻrin (5,1 ball) (–0,2 ball) |
11-oʻrin (5,3 ball) |
8-oʻrin (5,6 ball) |
13-oʻrin (5,1 ball) |
10-oʻrin (5,3 ball) |
|
↓ Samarqand v. |
11-oʻrin (5 ball) (–0,5 ball) |
9-oʻrin (5,5 ball) |
12-oʻrin (4,6 ball) |
7-oʻrin (5,7 ball) |
5-oʻrin (5,9 ball) |
|
↑ Surxondaryo v. |
12-oʻrin (4,8 ball) |
14-oʻrin (4,8 ball) |
14-oʻrin (4,5 ball) |
12-oʻrin (5,2 ball) |
14-oʻrin (4,3 ball) |
|
• Jizzax v. |
13-oʻrin (4,8 ball) (–0,2 ball) |
13-oʻrin (5 ball) |
11-oʻrin (5 ball) |
10-oʻrin (5,4 ball) |
13-oʻrin (4,3 ball) |
|
↓ Qashqadaryo v. |
14-oʻrin (4,7 ball) (–0,3 ball) |
7-oʻrin (5,5 ball) |
13-oʻrin (4,5 ball) |
14-oʻrin (4,6 ball) |
7-oʻrin (5,9 ball) |
Bundan tashqari, tuman darajasida baholash 6 ta yoʻnalish boʻyicha amalga oshirildi. Tuman (shahar)lar orasida eng yaxshi koʻrsatkich Gʻozgʻon shahrida (Navoiy v.) qayd etilgan boʻlsa, eng past koʻrsatkich Angren shahrida (Toshkent v.) ekanligi aniqlandi.
Baholash yakunlari 2021-yilda tadbirkorlikning rivojlanishida 2020-yilga nisbatan bir qator salbiy va ijobiy oʻzgarishlar boʻlganligini koʻrsatdi.
Xususan, yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish (2020-yilga nisbatan qariyb 1,5 baravar ortgan), tadbirkorlarga qonunchilikda belgilangan tartib-taomillar buzilgan holda davlat xizmatlari koʻrsatish (2020-yilga nisbatan qariyb 3,8% ortgan), tadbirkorlik faoliyatida tekshirish va taftishlar oʻtkazish darajasi (2020-yilga nisbatan qariyb 34 mingga ortgan), tadbirkorlar ishtirokida koʻrib chiqilgan nizolar soni (2020-yilga nisbatan qariyb 2 baravar ortgan) hamda tadbirkorlarning banklardagi hisobvaraqlariga band solish (2020-yilga nisbatan qariyb 104 mingtaga ortgan) kabi yoʻnalishlardagi umumiy holat pastlagan.
Bundan tashqari, boshqa 5 ta yoʻnalishlar shu jumladan, tadbirkorlar tomonidan yoʻllangan murojaatlar soni (2020-yilga nisbatan 3 baravar qisqargan), tadbirkorlik faoliyatining yashovchanlik darajasi (har 1000 ta tadbirkorga nisbatan 3 yildan ortiq faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar soni 260 tadan 275 taga ortgan), boʻsh turgan bino-inshootlar va yer uchastkalarni tadbirkorlik faoliyati uchun berish darajasi (2020-yilga nisbatan 10% ortgan) hamda tadbirkorlar uchun tijorat banklari tomonidan kredit ajratilishi (2020-yilga nisbatan 10 trln. soʻmga ortgan) kabi koʻrsatkichlarda ijobiy oʻzgarish boʻlgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, hududlarda tadbirkorlik faoliyatini yanada yaxshilash maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:
Birinchidan, yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish holatlarini qisqartirish maqsadida ushbu munosabatlarni Qonun hujjati bilan tartibga solishni belgilash;
Ikkinchidan, vakolatli shaxslar tomonidan noqonuniy tekshirish oʻtkazilganligi yoki belgilangan tartib-taomillar buzilgan holda davlat xizmatlari koʻrsatilganligi toʻgʻrisida tadbirkorlik subyektlari tomonidan xabar berishni ragʻbatlantirish tizimini joriy etish;
Uchinchidan, tadbirkorlar faoliyatida soliq tekshiruvi oʻtkazadigan mansabdor shaxslarning masʼuliyatini oshirish maqsadida ularga nisbatan jazo choralarini kuchaytirish.
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, baholash natijalari hamma uchun ochiq boʻlib, ulardan tahliliy maʼlumotnomalar tayyorlashda, shuningdek, ilmiy izlanish olib borayotgan shaxslar oʻz ilmiy ishlarida ham foydalanishlari mumkin.
Shu sababli, saytga tashrif buyuring va oʻzingiz yashayotgan hududning tadbirkorlik darajasi boʻyicha toʻliq maʼlumotga ega boʻling.
Hududlarning Biznes reytingi bilan batafsil tanishish uchun b-indicator.uz saytiga oʻting.