Hujayralarni “nazorat qiladigan” mikrorobotlar ixtiro qilindi

    Myunxen texnika universiteti olimlari hujayralar orasida harakatlana oladigan va ularning faoliyatini “nazorat qila oladigan” dunyodagi birinchi mikrorobotlarni ishlab chiqdi.

    TACSI mikrobotlari dumaloq shaklga ega bo'lib, qalinligi 30 mikrometrga teng bo'lgan inson sochining yarmiga teng. Lazer yordamida boshqariladigan bunday robotlar haroratni o'zgartirish orqali hujayralarni rag'batlantirib, ularning ichiga o'tib ketishi mumkin.

    Mikrobotlarni ishlab chiqarish “mikrosuyuqlik chiplari”ga asoslangan.

    Tajribalar davomida TACSI mikrobotlari infraqizil lazerli isitish yordamida buyrak hujayralariga yo'naltirildi. Ma'lum bo'lishicha, hujayralarning ion kanallari ma'lum haroratlarda ochiladi, masalan, kalsiyning hujayralarga kirishiga imkon beradi. Issiqlik stimulyatsiyasi yaralarni davolash yoki yuqori haroratda nobud bo'ladigan saraton hujayralari bilan kurashish uchun ishlatilishi mumkin, deb xabar beradi lenta.ru.