Unga koʻra, xorijdan bojxona postiga “dori vositalari” tovarlari olib kelingan.

Mazkur tovarlar belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, bojxona yuk deklaratsiyasi va yuk hujjatlarida koʻrsatilmagan, taxminiy qiymati 1 mlrd. 106 mln. soʻmlik 3,1 tonna ogʻirlikdagi 61 turdagi 13 ming 836 dona kosmetika mahsulotlari borligi aniqlandi.

Mazkur tovarlar vaqtincha saqlovga olinib, hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.