Kontrabanda qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari “Chuqursoy” TIF bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda xorijdan keltirilgan qiymati 44,6 ming dollarlik kompyuter ehtiyot qismlarini belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazishdi.
Natijada, bojxona yuk deklaratsiyasi va yoʻl yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan qiymati 258,7 mln. soʻmlik 560 dona kompyuter quvvat manbaalari borligi aniqlandi.