Hujjatlarda qayd etilmagan 313 million soʻmlik tovarlar aniqlandi
Xavfsizlik
26 may 2021, 18:40
801
Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi “Qoʻqon” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan olib kelingan yuk avtotransport vositalari uchun moʻljallangan moy filtrlari tovarlarini vaqtincha saqlash bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasi va yuk kuzatuv hujjatlari asosida bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.
Natijada, mazkur yuklar hujjatlar bilan solishtirilganida, umumiy qiymati 313,6 million soʻmlik 7840 dona yuk avtotransport vositalarining moy filtri tovarlari hujjatlarda kamaytirib koʻrsatilganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.