Dori vositalarining noqonuniy aylanuviga qarshi o'tkazilgan tezkor tadbirda kuzatuvga olingan avtotransport vositasi belgilangan tartibda koʻzdan kechirildi. Natijada uning orqa oʻrindigʻida turgan sumka ichidan xorijda ishlab chiqarilgan, hech qanday hujjatlari boʻlmagan 2 nomdagi, jami 60 dona dori vositalari borligi aniqlandi. 

Keyin esa tezkor tadbir davom ettirilib, gumonlanuvchi fuqaroning ijarada yashab kelayotgan xonadoni ham koʻzdan kechirildi. U yerda ham xorijda ishlab chiqarilgan, hech qanday hujjatlari boʻlmagan 24 nomdagi jami 1211 dona dori vositalari borligi maʼlum boʻldi va bayonnoma aosida rasmiylashtirib olindi.  

Shuningdek, gumanlanuvchining farzandiga tegishli xonadon ham koʻzdan kechirilganida, u yerda ham xorijda ishlab chiqarilgan, hech qanday hujjatlari boʻlmagan 3 nomdagi jami 9590 dona dori vositalari saqlanayotgan ekan. 

Shu tariqa, oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 29 nomdagi 1330 dona xorijda ishlab chiqarilgan dori vositalari noqonuniy muomaladan olib qoʻyildi. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ushbu dori vositalarining umumiy qiymati 500 million soʻmni tashkil etdi.

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.