Yoʻriqnoma blankalar tarzidagi hujjatli qimmatli qogʻozlarni muomaladan chiqarish va ularni yoʻq qilish tartibini belgilaydi.

Hujjatli qimmatli qogʻozlarni muomaladan chiqarish va ularni yoʻq qilish emitent tomonidan quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:

  • hujjatli qimmatli qogʻozlar emitenti tugatilganda;
  • emitentning nomi oʻzgarganda;
  • obligasiyalar toʻliq soʻndirilganda;
  • hujjatli qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi hujjatli shakldan hujjatsiz shaklga oʻtkazilganda;

Hujjatli qimmatli qogʻozlar yoʻq qilish koʻzda tutilgan sanadan 1 oy oldin emitent bu toʻgʻrisida qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli organni xabardor qilishi shart.

Hujjatli qimmatli qogʻozlar yoqib yuborish yoki ularni jismoniy maydalash yoʻli bilan yoʻq qilinadi.