Hujjatsiz qurol bilan ovga chiqqan brakonyerning oʻzi “ovlandi”

    Huquqbuzar tomonidan ovlangan kaklik tabiat bagʻriga qoʻyib yuborildi.

    Dehqonobod davlat oʻrmon xoʻjaligining Boshchorbogʻ, Toʻrtkoʻl oʻrmon boʻlimiga tutash hududidan oʻtgan soʻqmoq yoʻlida Dehqonobod tumani “Chashmaimiron” MFYda yashovchi fuqaro M.R. hech qanday hujjatsiz 1 dona qurol bilan ov qilib yurgani aniqlandi.

    Huquqbuzar davlat inspektorlari tomonidan tuzilgan dalolatnomaga qoʻl qoʻymasdan, voqea joyidan ketib qolgan. Unga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi. Holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar va ashyoviy dalilar qonuniy toʻxtamga kelish uchun tuman IIBga joʻnatildi.

    Shuningdek, huquqbuzar tomonidan ovlangan kaklik tabiat bagʻriga qoʻyib yuborildi. 1 ta qurol, 5 ta patron, 1 ta boʻsh gilza, ta spirt qutisida porox va qoʻrgʻoshin esa ashyoviy dalil sifatida qonuniy toʻxtamga kelingunga qadar olib qoʻyildi.