Samarqand viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi maʼlumotiga koʻra, 2026-yil 30-may kuni Nurobod tumanida yashovchi ikki nafar fuqaro taqiqlangan ov quroli — elektr qarmoq yordamida 40 bosh baliqni ovlagan. Buning oqibatida hayvonot dunyosiga 1 mlrd 355 mln 480 ming soʻm zarar yetkazilgan.
Shuningdek, shu kuni tungi kuzatuvlar davomida yana ikki nafar fuqaro tomonidan elektr qarmoqdan foydalanib 12 bosh baliq ovlangani aniqlangan. Ushbu holat oqibatida tabiatga 424 mln 360 ming soʻm zarar yetkazilgan.
Shunday qilib, aniqlangan ikki holat boʻyicha hayvonot dunyosiga yetkazilgan umumiy zarar qariyb 1 mlrd 780 mln soʻmni tashkil etgan.
Hozirda holatga huquqiy baho berish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.