Komissiya raisi, Bosh vazir oʻrinbosari J.Xodjayev, Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari B.Valiyev va viloyat hokimi M.Azimovlar tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv oʻtkazib, 100 ga yaqin tadbirkorlarning muammolari va takliflari tinglandi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlarning 20 ta masalasi joyida hal etilib, qolgan muammolar boʻyicha tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarga koʻrsatma hamda topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, viloyat prokuraturasida tashkil etilgan Tadbirkorlik va investitsiya loyihalarini amalga oshirilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha viloyat shtabi faoliyati bilan tanishdi.