“Hurmatli hamkasblarimdan Oʻzbekistonning elektron tijoratni rivojlantirish, temir yoʻl yuklarini raqamlashtirish, ”Yevroosiyo Ekspress“ logistika loyihasi va bugungi yigʻilishda koʻrib chiqilayotgan iqlim masalalari boʻyicha hamkorlik kabi tashabbuslarda ishtirok etishini maʼqullashingizni soʻrayman”, – dedi Aripov.
Avvalroq, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi organlarida kuzatuvchi mamlakatlarning ishtirokinin kengaytirish tashabbusi bilan chiqdi, shuningdek, Yevrosiyo makonida muhim biznes tashabbuslari va dasturlarini amalga oshirishda kuzatuvchi davlatlarni yanada faol jalb etishni taklif qilgan edi.
Yevroosiyo hukumatlararo kengashi Oʻzbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi ishida oʻzaro manfaatdorlik yoʻnalishlari boʻyicha ishtirokini kengaytirish toʻgʻrisidagi tashabbusini mamnuniyat bilan kutib oldi.
Shu bilan birga, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining Hayʼat aʼzolari Ittifoq davlatlari bilan birgalikda alohida loyihalar boʻyicha YEOIIda kuzatuvchi davlatlar bilan oʻzaro hamkorlik shakli va algoritmini tasvirlaydigan tartibni ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.
“Oʻzbekiston iqlimiy kun tartibidagi masalalar, temir yoʻl yuklarini raqamlashtirish, elektron savdo, «Yevroosiyo agroekspress” loyihasini amalga oshirish kabi toʻrtta yoʻnalish boʻyicha ish olib borishga qiziqish bildirdi, - YEII savdo vaziri dedi Andrey Slepnyov.
Shuningdek, u 2021-yil 14-oktyabr va 10-dekabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi majlislarida oʻzaro savdo hajmini oshirish boʻyicha hamkorlikni faollashtirishni taklif qilganini eslatdi.
Abdulla Aripov shuningdek, YEOII hamkorlariga temir yoʻl va avtotransportda yoʻlovchi tashishni tiklashni taklif qildi.
“Dunyoda epidemiologik vaziyatning barqarorlashuvi kuzatilayotgani va mamlakatimizda aholini emlash ishlari olib borilayotganini hisobga olib, temir yoʻl va avtomobil transportida yoʻlovchi tashishni qayta tiklash vaqti keldi, deb hisoblaymiz”, - dedi Oʻzbekiston bosh vaziri.
Uning taʼkidlashicha, 2025-yilgacha Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasining strategiyasi transport infratuzilmasini, jumladan, YEOIIni “Bitta belbogʻ, bitta yoʻl” tashabbusi bilan bogʻlash doirasida rivojlantirishni nazarda tutadi.
“Shu nuqtayi nazardan «Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishi loyihasini real amalga oshirish mintaqaviy transport tarmogʻining muhim boʻgʻiniga aylanishi mumkin», - deb qoʻshimcha qildi Aripov.
Hukumat rahbari, shuningdek, Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan oʻzaro hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni muvofiqlashtirishni yakunlayotganini maʼlum qildi.
Aniqlik kiritilishicha, yoʻl xaritasi respublikaning tegishli organlari va YEII oʻrtasida savdo, sanoat, bojxona, moliya va soliq sohalarida, shuningdek, energetika, texnik jihatdan tartibga solish, dori vositalari va tibbiyot buyumlari muomalasi boʻyicha oʻzaro hamkorlik boʻyicha tadbirlarni oʻz ichiga oladi.
Bosh vazir Oʻzbekistonning Yevroosiyo taraqqiyot bankiga aʼzo boʻlish shartlari va tartiblarini kelishish jarayoni ham faol davom etayotganini qoʻshimcha qildi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston 2020-yil dekabr oyida YEOIIda kuzatuvchi maqomiga ega boʻldi.
YEOII 2015-yildan buyon faoliyat yuritmoqda. Unga Rossiya, Belarus, Armaniston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston kiradi.