Sovuq bulutli kunlar uyda oʻtirish uchun sabab emas. YUNESKO va Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tashkil etilgan #wearethechildren xalqaro fotokoʻrgazmada qiziqarli ekspozitsiya taqdim etildi.
Bu yerda butun dunyo boʻylab oʻnlab fotosuratchilarning yuzga yaqin noyob kadrlari jamlangan.
Makon va zamon orqali oʻtmishga olib boradigan musiqa sadolari ostida har bir tashrifchi goʻyoki oʻzga dunyoga tushib qoladi. Bolalik dunyosiga. Juda yorqin, juda xilma-xil.
Aytish joizki, fotokoʻrgazma shu kunlarda Toshkentda boʻlib oʻtayotgan Erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish boʻyicha II Butunjahon konferensiyasi arafasida boshlangan keng koʻlamli tadbirning ilk nuqtasi boʻldi.
Oʻzbekistonlik fotograflar ishtirokida xuddi shunday fotokoʻrgazma Parijga sayohat doirasida ham tashkil etiladi.
Koʻrgazma 20-noyabrgacha soat 11:00 dan 17:00 gacha ochiq, kirish bepul.