Humo sotildi

    Investitsiyalar 13 Yanvar 2025 424

    “Milliy banklararo protsessing markazi” ya'ni HUMO’ning 100 foiz davlat aktsiyalarini sotish bo'yicha ochiq savdolar o'tkazildi.

    Kompaniyani xususiylashtirish jarayonlarida 6 ta nomzod ishtirok etgan.

    To'lov tizimini sotib olish bo'yicha uchta ishtirokchidan Majburiy takliflar (VO) kelib tushgan hamda 65 mln AQSH dollari miqdorida eng yuqori xarid bahosini taklif qilgan “Paynet” AJ kim oshdi savdosining g'olibi, deb topilgan.

    Paynet tomonidan taklif etilgan mazkur narx «KPMG» xalqaro mustaqil narxlovchi tomonidan qo'yilgan bahodan yuqori hisoblanadi.

    Shuningdek, Paynet jamiyatga tegishli bo'lgan «Humo» to'lov tizimining barqaror va uzluksiz ishlashini ta'minlashga qaratilgan qo'shimcha tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha majburiyatlarni, shuningdek, tizim foydalanuvchilarining maxfiy (shaxsiy va bank) ma'lumotlarini himoya qilishni o'z zimmasiga oladi.