“Humo” va “Uzcard” to'lov tizimlari integratsiyalashtiriladi

    Biznes 23 Iyun 2020 937

    “O'zbekiston Respublikasida “YAshirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish chora-tadbirlari to'g'risida” Hukumat qarori (394-son, 20.06.2020 y.) qabul qilindi.

    Qaror bilan “YAshirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo'yicha “yo'l xaritasi” tasdiqlanib, qator tadbirlarni amalga oshirish belgilandi. Jumladan:

    👉 aholi uchun iste'mol kreditlari ajratish tartibi yanada soddalashtiriladi va takomillashtiriladi;

    👉 barcha kadastr hujjatlari raqamlashtiriladi;

    👉 “Humo” va “Uzcard” to'lov tizimlarini integratsiyalashtiriladi;

    👉 "QR" kod orqali amalga oshiriladigan to'lovlarning ommabopligi oshiriladi va ko'lami kengaytiriladi;

    👉 moliyaviy xizmatlar ko'rsatuvchi muqobil tashkilotlar rivojlantiriladi, “Nobank kredit tashkilotlari to'g'risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqiladi.