Qaror bilan “YAshirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo'yicha “yo'l xaritasi” tasdiqlanib, qator tadbirlarni amalga oshirish belgilandi. Jumladan:

👉 aholi uchun iste'mol kreditlari ajratish tartibi yanada soddalashtiriladi va takomillashtiriladi;

👉 barcha kadastr hujjatlari raqamlashtiriladi;

👉 “Humo” va “Uzcard” to'lov tizimlarini integratsiyalashtiriladi;

👉 "QR" kod orqali amalga oshiriladigan to'lovlarning ommabopligi oshiriladi va ko'lami kengaytiriladi;

👉 moliyaviy xizmatlar ko'rsatuvchi muqobil tashkilotlar rivojlantiriladi, “Nobank kredit tashkilotlari to'g'risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqiladi.