2016-yilgacha Oʻzbekistonda bor yoʻgʻi Samarqan va Toshkent, Margʻilonda hunarmandchilik markazlari bor edi. 2017-yil 17-noyabrdagi Prezident farmoniga binoan respublikamizning barcha hududlarida hunarmandchilik markazlari tashkil qilish rejalari tuzildi.

Prezident farmonida hunarmandchilik markazlari 2 qavatli qilib qurilishi, 1-qavatda hunarmandlarning ustaxonalari, savdo doʻkonlari, koʻrgazma zallari joylashishi, 2 qavatda esa ularning yashashi uchun sharoitlar yaratilish kerak edi. Suzukotada shunday markaz qurildi.

Ular shu markazga tashrif buyuradigan chet ellik mehmonlarning hunarmandchilik mahsulotlarini yaratilish jarayoni bilan chuqur tanishishlari uchun sharoit yaratilishi kerak. Shuningdek, bu markazlar yoshlarni hunarga oʻrgatuvchi oʻquv markazlari ham boʻlishi kerak. Koʻp markazlar turistik yoʻnalishlarga yaqin joylarga qurilgan va yillar mobaynida turistlar kelishlari uchun ularda sharoitlar yaratilgan. Farmondan soʻng jami 17 ta markaz qurilgan boʻlsa, 2020-yildan buyon yana 31 ta markaz qurilib, ishga tushirildi. Masalan, Rishton xalqaro hunarmandchilik markazini olsak, bu yerda 20 ta anʼanaviy hunarmandchilik bilan shugʻullanadigan kulollar uchun doʻkonlar va uylar qurib berildi. Bu yerda Sharofiddin Yusupov, Alisher Nazirov, Komiljon Ismoilov kabi taniqli hunarmandlar ham ustaxonali, ham uyli boʻlishdi.

Qarshi shahrida esa Odina hunarmandchilik markazi — respublikada birinchi marta zargarlik sanʼati maktabi yaratilib, 10 dan ortiq hunarmandlarning ishlashi uchun sharoit yaratildi. Shuningdek, Fargʻonada yana 13 ta markaz ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Ularning asosiy yoʻnalishi ipak bilan ishlash, gilamchilik, atlaschilik boʻladi. Buvaydada esa temirchilik markazi barpo etiladi. Toshkent shahrining Yakkabogʻ mahallasida Chilonzorda hunarmandchilik markazi tayyor boʻldi. Bu yerda yoshlar temirchilik yoʻnalishida oʻqib, ishlaydilar. Kulolchilikka kelsak, Xorazmda Yangiariq tumanida katta hunarmandchilik markazi barpo etilodi. Xorazm yoʻnalishida koshinlar, badialar yasaydigan hunarmandlar faoliyat olib boradi. Markazlar faoliyatidan maqsad — Oʻzbekistonning xalq amaliy sanʼati va hunarmandchiligini asrab-avaylash, uni yoshlarga oʻrgatish, “Ayollar daftari”, “Temir daftar”dagi ayollarni ish bilan taʼminlash. Bu noyob hunarlarimizni yoshlarimizga meros qilib qoldirsak, ular yana-da takomillashtirib, butun dunyoga oʻzbek brendini mashhur qilishadi.

Akobir HAKIMOV,

“Hunarmand” uyushmasi rais oʻrinbosari