Nurotadagi “Chashma” tarixiy meʼmoriy majmuasi atrofida tumandagi hunarmandlarning doimiy faoliyat olib borishi uchun “Hunarmandchilik markazi” tashkil etildi.
Qurilishiga 2,2 milliard soʻm mablagʻ sarflangan markaz 33 nafar hunarmandga moʻljallangan boʻlib, oʻquv, tosh oʻymakorligi, zargarlik, kulolchilik, kashtachilik, kutubxona hamda savdo rastasidan iborat,deb xabar beradi Navoiy viloyat hokimligi matbuot xizmati.