Festival doirasida  O'zbekiston Respublikasi milliy ekspozitsiyasi ham uyushtirildi. Unda  xalq amaliy san'ati, hunarmandchilik mahsulotlari ko'rgazmasi tashkil etildi. Hech shubha yo'qki, qo'li gul o'zbek xalqining hunarmandlari yaratilgan milliy mahsulotlar albatta festival ishtirokchilarida katta qiziqish uyg'otadi.

O'zbekiston Respublikasi "Hunarmand" uyushmasi a'zolari bo'lgan hunarmandlar  ishtirokida turli mahorat darslari va hunarmandchilik mahsulotlari   namoyish etilmoqda, deb ma'lum qilmoqda Respublika “Hunarmand” uyushmasi axborot xizmati.