Huquq tartibot organlari xodimlari aholi bilan muloqotni qanday yo'lga qo'yishi kerak?

    Suhbatdoshingiz tushkun ahvolda. Shu sababdan ularning muammolariga e'tiborli ekaningizni ko'rsatish muhim ahamiyatga ega. Aks holda suhbat jarayoni rivojlanmaydi, aksincha tushunmovchiliklarga sabab bo'ladi.

    Siz tarafdan ko'rsatilayotgan e'tibor tana tili (body language) orqali namoyon bo'ladi: suhbatdosh tarafga bir oz egilgan holda, unga yuzlanib, ko'z orqali aloqa o'rnatgan holda, tez-tez boshni silkitish orqali tasdiqlash, hamda siz suhbatdoshingizni tinglayotganingizni ko'rsatish maqsadida noverbal vositalardan foydalanish: xmm, xa, tushunarli, davom etavering, to'g'ri aytsiz, albatta, va hokazo.

    Deyarli barcha huquq tartibot organlari xodimlari o'z mehnat faoliyatlari davomida huquqbuzarlar yoki tinch aholi bilan u yoki bu masalada muloqot o'rnatishga majbur bo'ladilar. Suhbatdosh doim ham muammoli inson bulmasligi mumkin, ya'ni u ayrim sabablarga ko'ra huquq tartibot organlari xodimlari bilan muloqotda vaqtida noqulay va o'ta emotsional holatga tushishi tabiiy hisoblanadi. Ushbu maqolada samarali muloqot o'rnatishning ayrim qoidalari keltirilib o'tiladiki, ularga amal qilish orqali har ikki tarafga ham foydali bo'lgan muloqot jarayonini olib borishda ko'mak beradi.

    Suhbatdoshingiz tushkun ahvolda. Shu sababdan ularning muammolariga e'tiborli ekaningizni ko'rsatish muhim ahamiyatga ega. Aks holda suhbat jarayoni rivojlanmaydi, aksincha tushunmovchiliklarga sabab bo'ladi. Siz tarafdan ko'rsatilayotgan e'tibor tana tili (body language) orqali namoyon bo'ladi: suhbatdosh tarafga bir oz egilgan holda, unga yuzlanib, ko'z orqali aloqa o'rnatgan holda, tez-tez boshni silkitish orqali tasdiqlash, hamda siz suhbatdoshingizni tinglayotganingizni ko'rsatish maqsadida noverbal vositalardan foydalanish: xmm, xa, tushunarli, davom etavering, to'g'ri aytsiz, albatta, va hokazo.

    Suhbatdosh tomonidan og'zaki hujum qilinganda o'zini himoya qilish tabiiy reaktsiya hisoblanadi. Lekin, aynan shu usul jahldor suhbatdosh bilan ishlashda salbiy oqibatlarga olib keladi.

    Bu meni aybim emas. Sizni tushunmabman. elektron tizimimiz ishdan chiqqan ekan” kabi jumlalarni ishlatmang. Hattoki bu jumlalar haqiqat bo'lsa ham, ulardan foydalanish shunchaki vaziyatni yanada qiyinlashtiradi, ya'ni mijoz suhbatdosh sizni mas'uliyatdan va mavjud muammodan qochishga harakat qilishda ayblashi mumkin.

    Shuningdek muammo nimada yoki kimda ekanini bilmay, mas'uliyatni o'zingizga olgan holda, Sizga noqulayliklar tug'dirganimiz uchun sizdan uzr so'raymiz, kabi jumlalardan foydalanish ham o'rinli emas.

    Eng maqbul yondashuv, aybdorlikni o'z bo'yniga olmagan holda uzr so'rash yo'lini topishdan iborat. Masalan, “Bunga bizni ayblayotganingizdan afsusdaman”. Shu yo'l orqali siz suhbatdoshingiz qayg'uga tushganidan afsusda ekaningizni ko'rsatasiz, ammo mavjud muammo siz tufayli yuzaga kelgan degan fikrni o'z zimmangizga olmaysiz, shuningdek suhbatdosh bilan keyingi ishlarni davom ettirish imkoni kengayadi: ... va albatta muammoingizni echishga sizga qo'ldan kelgancha harakat qilamiz”.

    Suhbatdoshdan ko'proq ma'lumot olishda ehtiyotkorlik talab etiladi. Suhbatdosh tushkun ahvolda bo'lganda, ehtiyotsizlik bilan berilgan har qanday savol uni quyushqondan chiqishiga sabab bo'lishi mumkin. Sizga kerak ma'lumotni olsangiz ham, muammoni hal qilishda ko'p natijalarga erisha olmaysiz.

    Foydali maslahatlardan biri shuki, imkon qadar mo'ljal savollar yoki ergashgan qo'shma gaplardan foydalanganingiz maqqul. Masalan:

    • Fuqaro Abdullaevni ish joyiga borganingizda nimalar sodir bulgani haqida ko'proq ma'lumot bersangiz.
    • U sizga bu haqida aytganda aniq nimalar sodir bo'lgani haqida ko'proq ma'lumot bersangiz bizga muammoni hal etishga yordam bergan bo'lar edingiz.
    • Maqbul bir kelishuvga qarshi emasmisiz?

    Ba'zan, siz shunday insonlarga duch kelasizki, ular o'zlarini bosiq ko'rsatishga harakat qilsalarda, ichki ruhiyatlarida g'azab mavjud bo'ladi. G'azab quyidagicha o'zini namoyon qilishi mumkin:

    • Sun'iy bosiq ovoz, uzuq-yuluq jumlalar yoki so'zlarga ortiqcha urg'u berib so'zlash (“Meni ... jahlim ... chiqmayapti ...”);
    • Yuzdagi o'zgarishlar: jipslangan tishlar (jag' qismda), kiprik qoqmagan holatda ko'zlarni ochiq tutish, og'izni harakatsiz tutish;
    • Asabiy tana harakatlari: barmoqlar bilan stolga doimiy taqillatish, qo'llarni belga tutib turish, barmoqlarni musht qilib olish.

    Buday vaziyat havfli sanaladi, sababi inson o'z g'azabiga yaqin holatda uni jilovlashga harakat qiladi, biroq bu g'azab kutilmagan vaqtda portlashi mumkin. Bu salbiy holatni oldini olish rejalarini o'ylab qo'ygan maqqul.

    Mijozning g'azabini jilovlash uchun uning his-tuyg'ulari haqida suhbatlashgan maqqul. Masalan:

    Vaziyatni tushuntirish uchun imkon berganingizdan mamnunman, ammo ishga o'tishdan avval shuni aytishim kerakki, sizni bunday tushkun holatga tushishingiz tabiiy va bundan afsusdaman.”

    Yuqoridagi harakatga javoban, mijoz sizni tanqid ostiga olishi ham mumkin, ammo siz suhbatdoshingizning ruhiy holatiga befarq ekaningiz tufayli u tomondan sizga ko'rsatilgan noo'rin g'azabdan ko'ra bu vaziyatni boshqarish imkoni mavjud. Yodingizda bo'lsin, suhbatdoshingiz butunlay g'azab otiga minsa, uni bu holatdan olib chiqishni deyarli imkoni yo'q, shunchaki mijoz o'zini bosishini kutishdan boshqa chora qolmaydi.

    Yana bir yo'li bu:

    “Sizni bunday tushkun holatga tushishingiz tabiiy va bundan afsusdaman, lekin, agar shu erda turib menga g'azabingizni sochishdan o'zingizni engil his qilsangiz, bunga qarshiligim yo'q, zero bu muammo haqida bugun yana bir bor suhbatlashib olsak maqsadga muvofiq bo'lar edi.”

    Siz mag'lub taraf kabi ko'rinishingiz mumkin, lekin g'azab – insonni ruhan toliqtiradi va u uzoq vaqt ta'sir kuchiga ega. Agar yuqoridagi ko'rsatmaga amal qilsangiz, bir-ikki soat ichida qarshingizda ancha bosiq suhbatdosh namoyon bo'ladi.

    Mohira Eshonova,

    Toshkent davlat yuridik universitetining

    Ixtisoslashtirilgan filiali o'qituvchisi