Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Yuqori Chirchiq tuman boʻlimi inspektorlari tomonidan 2003-yilda tugʻilgan fuqaro M.J. davlat raqami “01 506 WHA” boʻlgan avtotransport vositasida belgilanmagan joyga chiqindi tashlagani aniqlandi.
Huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91-prim 1-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari — 1 million 125 ming soʻm miqdorida jarima qoʻllanildi.
Shuningdek, M.J. transport vositasida oʻzi tashlagan chiqindilarni Yuqori Chirchiq tuman boʻlimi hududidagi poligonga joylashtirdi.