Huquqini bilgan pand emaydi

    Bugungi kunda Toshkent davlat pedagogika universitetida yoshlar bilan ishlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish va muammolarini bartaraf etish bo'yicha aniq rejalar ishlab chiqilgan.

    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va CHilonzor tumani adliya bo'limi hamkorligida talabalar o'rtasida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan “Vatan taqdiri – mening taqdirimda” mavzusida seminar-trening o'tkazildi.

    Seminar mazmunidan kelib chiqqan holda yoshlarning vatanparvarligini kuchaytirish, huquqiy ongi va savodxonligini oshirish masalalariga to'xtalib o'tildi. YOshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

    Bugungi kunda Toshkent davlat pedagogika universitetida yoshlar bilan ishlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish va muammolarini bartaraf etish bo'yicha aniq rejalar ishlab chiqilgan. Mavzu doirasida universitet fakul`tetlari bo'yicha muntazam targ'ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

    Tadbirlarda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, huquqiy savodxonlik, korruptsiyaga qarshi kurashish, yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi, odam savdosiga qarshi kurashish mavzularida ma'ruzalar qilinmoqda.