Martabali mehmonlar bilan Toshkent-2025 yoshlar Osiyo oʻyinlariga olib borilayotgan hozirlik mavzusi muhokama etildi.
Rasmiylarni Sport vaziri Adham Ikramov qarshi oldi. Vazirlik binosida oʻtgan uchrashuvda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda Qoʻmita raisi oʻrinbosari Azizjon Kamilov ham ishtirok etdi.
OOK Bosh direktoriga boʻlajak Oʻyinlarga tayyorgarlik koʻrishda davlat darajasida eʼtibor qaratilayotgani haqida sщlab berildi. Shundan soʻng musobaqa oʻtkazilishi uchun moʻljal olingan sanalar va dasturga kiritilishi koʻzda tutilgan sport turlari koʻrib chiqildi. Suhbat davomida sport turlari va unga biriktirilgan obyektlar bilan birma-bir tanishtirib chiqildi va har bir yoʻnalish alohida tahlil qilindi.
Ahamiyatlisi, Husayn Al Musallam tayyorgarlik jarayonini yuqori baholadi. Yangi qurilayotgan arenalar Osiyo sportining yosh yulduzlarini kashf etishiga ishonch bildirdi. Shuningdek, OOK Bosh direktori antidoping masalalari, inshootlarni zamonaviy texnikalar bilan jihozlash boʻyicha oʻz tavsiyalarini berib oʻtdi, deb xabar beradi Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.