Qayd etilishicha, husiylar tomonidan otilgan raketalar “kema yaqinida suvga tushib ketgan”. Vayronagarchilik va jarohatlar haqida ma'lumot yo'q.

Bu husiylarning uch kun ichida tijorat kemasiga uyushtirgan uchinchi hujumidir.

G'azo sektorida urush boshlanganidan beri HAMASni qo'llab-quvvatlovchi yamanlik husiylar Qizil dengizdagi kemalarga, Isroil shaharlariga raketa hujumlarini uyushtirmoqda.

12-yanvar kuni AQSh va Buyuk Britaniya harbiy samolyotlari va kemalari Qizil dengizdagi savdo kemalariga qilingan hujumlarga javoban Yamandagi husiylarning harbiy obyektlariga ilk zarbalarini berdi.

AQSh Qizil dengizdagi savdo kemalariga hujum qilgan husiylarni global terrorchi tashkilotlar ro'yxatiga kiritdi, deb xabar beradi korrespondent.net.