Yamanning “Ansor Alloh” isyonchi harakatidan husiylar Tel-Aviv hududidagi Isroil harbiy obyektlariga hujum qildi. Bu haqda isyonchilar tomonidan tuzilgan qurolli kuchlar vakili Yahyo Sariya ma'lum qildi.
“Yaman qurolli kuchlarining raketa kuchlari bosib olingan Yaffo tumanidagi (Tel-Aviv) dushman Isroilning ikkita muhim harbiy obyektiga ikkita gipertovushli “Falastin-2” ballistik raketalari bilan hujum qilib, harbiy operatsiya o'tkazdi”, deya harakat vakili husiylarga tegishli Al-Masirah telekanali orqali ma'lum qildi.
Unga ko'ra, Tel-Avivga raketa zarbasi Isroilning Yamanga hujumi bilan bir vaqtda amalga oshirilgan. “Operatsiya Isroilning poytaxt Sana va Al-Hodeyda viloyatidagi tinch aholi nishonlariga qarshi hujumi bilan bir vaqtga to'g'ri keldi, bizning javobimiz tabiiy va qonuniy edi”, dedi Saria.
Payshanba kuni ertalab Isroil Yaman hududidagi husiy nishonlariga qattiq zarba berdi. Bundan biroz oldin Isroil harbiylari Yamandan otilgan raketani tutib olgani haqida ma'lum qilgan edi, deb xabar beradi tass.ru.
Al-Masirah telekanaliga ko'ra, Isroil havo hujumlari oqibatida kamida to'qqiz kishi halok bo'lgan.